Afg‘onistondagi portlash oqibatida 15 kishi qurbon bo‘ldi

Jahon 18:45 / 02.09.2019 5383

Afg‘onistonning Qunduz shahridagi portlash natijasida 15 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, halok bo‘lganlarning olti nafari xavfsizlik kuchlari xodimlaridir. Shuningdek, 11 kishi yarador bo‘lgani aytilmoqda.

Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" harakati jangarilari o‘rtasida kurash bormoqda. Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab terrorizmga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: