Shvetsiya Rossiya tufayli yangi soliq joriy etmoqchi

Jahon 16:40 / 01.09.2019 13631

Shvetsiya hukumati Rossiya bilan munosabatlar keskinlashayotgani sababli mamlakat mudofaa budjetini oshirish maqsadida banklar uchun yangi soliq joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.

Shvetsiya mudofaa vaziri Magdalena Andersson yangi soliqni adolatli qaror deb hisoblamoqda. Uning izohiga ko‘ra, moliyaviy inqiroz vaqtida banklarga federal budjet yordami zarur bo‘ladi. Shu bois kredit muassasalari ko‘proq soliq to‘lashi lozim.

Ammo bank sohasidagilar yangi soliq kiritilishini tanqid qilishdi. Ularning fikricha, mamlakat g‘aznasini moliyaviy inqiroz yuz berganida qo‘llab-quvvatlash uchun banklar yuqori miqdorda ajratma o‘tkazmoqda. 

Shvetsiya bankirlar assotsiatsiyasi banklar birjada savdo qiladigan kompaniyalarga nisbatan kamroq daromad olishiga e'tibor qaratdi.

Ko‘proq yangiliklar: