Rim papasi 25 daqiqaga liftda qamalib qoldi

Jahon 19:24 / 01.09.2019 10580

Rim papasi Fransisk Vatikandagi liftda elektr tok ketib qolgani sababli qamalib qoldi. O‘t o‘chiruvchilar 25 daqiqadan keyingina lift eshigini ochib, papani tashqariga chiqarib olishgan. 

Pontifik kulib gapirib bergan voqea oqibatida Avliyo Pyotr maydonida dindorlar oldida kechikish bilan nutq so‘zlagan.

Papa yig‘ilganlardan qutqaruvchilarni olqishlar bilan mukofotlab qo‘yishni so‘ragan.

Avvalroq AFP axborot agentligi papaning har haftalik va'zxonlikka kechikishi salomatligi yomonlashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: