Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi

Foto: Kun.uz
Polsha prezidenti Anjyey Duda Bild nashriga bergan intervyusida sobiq ittifoq va natsistlar Germaniyasi yetakchilari Iosif Stalin va Adolf Gitler Polshani yo‘q qilish maqsadida til biriktirishgani haqida so‘zlab berdi.
Dudaning aytishicha, Polshaning bosib olinishi sobiq ittifoq va Germaniya tomonidan 1939 yil avgustida imzolangan Molotov-Ribbentrop paktida tilga olingan. Duda ittifoq armiyasini Germaniyaning bosh ittifoqdoshi deb atagan va u hujjat imzolangandan bir oy keyin Polsha hududiga kirib borganini eslatib o‘tgan.
Duda ayni vaqtda Rossiya “o‘zini bundan bexabardek tutmoqda va “tajovuzkor siyosatni” davom ettirmoqda”. Jumladan, Polsha prezidenti Rossiyani Gruziya va Ukrainaga hujum qilishda ayblagan.
Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shimon Shinkovskiy mamlakat parlamentiga Rossiya nima uchun Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga taklif qilinmagani sababini tushuntirib bergan. Uning aytishicha, Rossiya o‘sha mash'um voqealarni “tarixiy haqiqat” ruhida nishonlashdan manfaatdormas.
Ikkinchi jahon urushi Germaniyaning 1939 yil 1 sentyabrda Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan. 17 sentyabrda esa Polshaga sobiq ittifoq qo‘shinlari kirib borgan va mamlakat hududi ikki davlat tomonidan bo‘linib olingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

10:05 / 08.07.2025
Rossiyada Stalinni oqlash avj oldi. Kommunistik partiya Xrushchyovning mashhur ma’ruzasini xatoga chiqardi

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

17:05 / 12.01.2025