Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘sha voqealarni aslo unutib bo‘lmaydi» – Polshada Ikkinchi jahon urushi boshlangan kun xotirlandi

1 sentabr kuni Polshada Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 80 yilligi munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Varshavaga 40ta davlatdan yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi.
Polshada 2019 yilgacha Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga bag‘ishlangan xotirlash tadbiri har yili Gdanskdagi Vesterplatt yarimorolida bo‘lib o‘tardi – 1939 yil 1 sentyabrda nemis harbiy kemalarining ilk zarbalari aynan shu yerga berilgandi.
Ammo Polsha hukumati urush boshlanishining 80 yilligini fashistlarning ilk zarbalarini qabul qilib olgan yana bir shahar Velyunda o‘tkazishga qaror qilishdi. 1939 yil 1 sentyabrda nemis aviatsiyasi Velyun shahrini bombardimon qilgandi. Natijada 1200ga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Germaniya Ikkinchi jahon urushidagi jinoyatlar uchun javobgar ekanligini unutmaydi, dedi xotirlash tadbirida so‘zga chiqqan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer.
“Men Velyunga qilingan hujum qurbonlari oldida bosh egaman. Nemis zolimligi qurboni bo‘lgan polshaliklar oldida bosh egaman. Va kechirim so‘rayman”, — dedi u nemis va polyak tillarida.
Ikkinchi jahon urushi harbiy jinoyat bilan boshlangan, dedi Polsha prezidenti Anjyey Duda.
Uning ta'kidlashicha, urush barchani qirib tashlagunga qadar davom etishini ko‘rsatish uchun qasddan shunday qilingan.
"Odamlar g‘arblik qo‘shnilar o‘sha davrdagi eng zamonaviy Ju 87B samolyotlarida bostirib kelib na armiya, na harbiy inshoot bo‘lgan shaharga bomba tashlashini xayoliga ham keltirishmagan. Ayniqsa, xoch bilan belgilangan kasalxonadan boshlashlarini. Kim ham Yevropadagi eng qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan xalq bunday qiladi deb o‘ylardi?", dedi u.
Polsha prezidentining so‘zlariga ko‘ra, "dunyoda bunday hol boshqa takrorlanmasligi uchun" o‘sha voqealarni aslo unutib bo‘lmaydi.
Xotirlash tadbirida 20 mamlakat rahbari, jumladan Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Islandiya, Latviya, Malta, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Chernogoriya, Chexiya, Xorvatiya va Estoniya prezidentlari, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

14:36 / 09.05.2025
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi

14:22 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

14:07 / 09.05.2025