AQSh Xitoy mahsulotlariga navbatdagi bojlarni kiritdi

Jahon 14:21 / 01.09.2019 6238

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e'lon qilingan Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar 1 sentyabrdan amal qila boshladi. 

Xitoydan import qilinuvchi 112 mlrd dollarlik mahsulotlarga 15 foizlik boj joriy qilinadi. Jumladan, gap kiyim-kechak va poyabzal haqida bormoqda.  

Associated Press axborot agentligining ta'kidlashicha, endilikda Xitoydan AQShga olib kiriluvchi mahsulotlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘iga bojlar kiritildi. Yakshanba kuni kuchga kirgan bojlarga ko‘ra, Xitoyning 87 foiz to‘qimachilik mahsulotlariga va 52 foiz poyabzaliga boj joriy qilinadi.

AQShning ko‘plab kompaniyalari bunday vaziyat mahsulotlar narxi oshishiga olib kelishidan ogohlantirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: