Yangiyo‘lda gaz trubasini kesish chog‘ida portlash sodir bo‘ldi. Ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

Jamiyat 12:56 / 30.08.2019 6804

2019 yil 25 avgust kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 51 yoshli B.L. Guliston mahallasida yashovchi 27 yoshli A.B.ning uyida gaz trubasini kesayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada B.L. va A.B. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: