30 avgust kuni Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydoni - Suzuk ota majmuasi - Hazrati Imom majmuasi – Xalqlar do‘stligi maydoni yo‘nalishi bo‘ylab “Tungi velosayr” festivali o‘tkaziladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu festival munosabati bilan 30 avgust kuni soat 22:00 dan 24:00 gacha shahardagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi.
Ular:
Xalqlar do‘stligi maydonidan Qoratosh ko‘chasi orqali Suzuk ota majmuasigacha;
Suzuk ota majmuasidan Ko‘kcha darvoza, Nurafshon ko‘chalari bo‘ylab, Qorasaroy ko‘chasi orqali Hazrati Imom majmuasigacha;
Hazrati Imom majmuasidan Qorasaroy ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Abay ko‘chasi bo‘ylab, Olmazor va Islom Karimov ko‘chasi orqali Xalqlar do‘stligi maydonigacha.