«O‘zmilliybank»: Tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda

Jamiyat 11:16 / 30.08.2019 4317

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga erishgandan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini takomillashtirish borasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bu isloxotlar qatoriga iqtisodiyotda kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini takomillashtirishda banklar tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni ham kiritishimiz mumkin. Bugungi kunda Respublikamiz iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarining hissasini oshirishga, ularni tashkil etish orqali ko‘plab muammolarni hal etishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari hajmini oshirish turli tarmoqlar rivojlanishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga ijobiy ta'sir etadi. 

Bugungi kunda «O‘zmilliybank» viloyat bo‘limi va filiallari tomonidan 25413 ta yuridik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga 275063 ta jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish borasida bank tomonidan milliy hamda xorijiy valutada xorijiy sarmoyalar hisobidan mablag‘lar ajratish orqali yaqindan yordam berib kelinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z biznes rejalarini amalga oshirishlari uchun 3001 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari 145,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilgan, bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga eksportni yo‘lga qo‘yish uchun ko‘maklashish maqsadida, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda dastgohlar sotib olish uchun xorijiy sarmoyalar hisobidan 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga 5,6 mln AQSh dollari ekvivalentida mablag‘lar ajratildi. Bundan tashqari joriy yil oxiriga qadar bank bo‘limi tomonidan 15 ta kichik biznes sub'yektlariga 5,0 mln AQSh dollaridan ziyod xorijiy sarmoyalar hisobidan mablag‘lar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: