Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilarining ovqatlanishi autsorsing shartlarida tashkil etiladi

Sport 12:23 / 30.08.2019 1939

Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taom turlarini xilma-xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilarining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari o‘quvchilarining ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining so‘rovi bo‘yicha oziq-ovqatlarning amaldagi o‘rtacha bozor narxlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar muntazam taqdim etilishini;

oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha bevosita fermer xo‘jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlaridan va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini ta'minlaydilar.

Ko‘proq yangiliklar: