O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biri «Asaka» Bank ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dulla Talibdjanov 24 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida bank mijozlari, tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Tadbirda «Asaka» Bank tomonidan mijozlarga yaratilayotgan qulay xizmat turlari haqida axborot berildi, sohadagi yangiliklar muhokama qilindi. Bu uchrashuvdan asosiy maqsad – mijozlarga ko‘maklashishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.
Sayyor qabulda turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, bank mijozlari ishtirok etib, o‘z muammolari va qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Murojaatlar va takliflarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilindi.
Tadbirda korxonalar vakillari, tadbirkorlar so‘zga chiqib, ko‘p yillar davomida «Asaka» Bank xizmatidan mamnuniyat bilan foydalanayotgani, kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishda «Asaka» bank bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
Sayyor qabul davomida yuridik va jismoniy shaxslardan turli mazmundagi 24ta murojaat tushdi. Shundan 17 tasi joyida hal etildi. 2 nafar tadbirkorga tegishli maslahatlar berildi. 5 nafar tadbirkor tomonidan ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqish uchun vaqt talab qilingani sababli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!
Murojaat uchun telefon: (+99871) 200-55-22
Veb-sayt: www.asakabank.uz
Telegram: t.me/bank_asaka
Facebook: fb.com/bankasaka
Instagram: @asaka_bank
Reklama huquqi asosida