Yunusoboddan yer olib berishni va'da qilib, 40 000 dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Jamiyat 13:02 / 28.08.2019 4007

2019 yil 24 avgust kuni Toshkent shahar Yunusobod tuman IIO FMBga hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil fevral oyi o‘rtalarida Olmazor tumani Usta olim ko‘chasida yashovchi 38 yoshli Sh.I. Yunusobod tumani 4-dahada joylashgan “Shifo Dono” klinikasi oldida 27 yoshli A.T.ga Yunusobod tumani 6-dahadagi 8 sotix yer maydonini 80000 AQSh dollariga sotishga kelishib, undan 40000 AQSh dollarini oldindan olgan va yerni uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, pullarni qaytarmay o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.I. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: