Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbek futboli ancha oldinda» - Tojikiston sardori O‘zbekistonga kelishi oldinga qadam bo‘lganini aytdi

Foto: Tribuna.uz
Ikkinchi davrani Superliganing «Buxoro» jamoasida o‘tkazayotgan Tojikiston milliy jamoasi sardori Fathullo Fathulloyev «Dinamo»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) o‘zbek va tojik futboli o‘rtasidagi farqni aytdi.
«Bugun qiyin o‘yin o‘tkazdik. Samarqand jamoasida ko‘pchilikni bilaman, yaxshi jamoa. Oxirgi o‘yinda muvaffaqiyatsiz harakat qilayotgan «Dinamo»ni yutishimiz kerak edi.
Oldingi o‘yinlarda durang o‘ynagan bo‘lsak-da, g‘alabaga munosib harakat qilgandik. Bugungi o‘yindan oldin murabbiy hammamizni yig‘ib, faqat g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytdi. Bugun qanday hisobda bo‘lsa ham yengishimiz shart edi.
Tojikiston milliy jamoasiga chaqirilmaganim? 1 yil oldin Filippinga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgandim va shundan buyon milliy jamoa rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmadim. Shunday bo‘lsa-da, Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda stadionda bo‘laman va yigitlarni qo‘llab-quvvatlayman.
«Buxoro»ning taklifini o‘zbek futboli tojik futbolidan yuqoriroq bo‘lganini bilgan holda qabul qildim. Bu yerda hamma jamoalar kurashuvchan. Tojikistonda esa faqat 2-3 ta jamoa chempionlik uchun kurashadi. Chempionatning darajasi ham yaxshi va men bu yerda jismoniy holatimni yaxshilab olaman deb o‘ylayman.
Jahon chempionati saralashidagi guruhimizda Yaponiya shubhasiz, yetakchi. Qirg‘iziston bilan guruhdan chiqish uchun kurashamiz. Ularni yaxshi bilamiz. Bizda hozir yaxshi futbolchilar to‘plangan», — deb Fathulloyevning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid

19:37 / 27.07.2020
O‘zbekiston superligasida navbatdagi iste'fo yuz berdi. «Andijon» va «Surxon» ortidan «Buxoro» ham bosh murabbiyini almashtirdi.

16:06 / 20.07.2020
«Buxoro» klubining 8 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. PFL klublar bilan vaziyatni muhokama qilmoqda

18:20 / 15.03.2020
Yangilanishlar arafasidagi «Buxoro». Beton ustidagi o‘yin, o‘zbek, qozoq va xorvat futbolidagi maoshlar taqqosi – Geynrixning do‘sti bilan suhbat

13:24 / 21.12.2019