OAV: «Shalke-04» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Sport 13:00 / 28.08.2019 23362

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov «Shalke-04» qiziqish doirasida bo‘lib turibdi, deb xabar tarqatdi Federal yangiliklar agentligi.

Manbaga ko‘ra, Bundesliga klubi o‘zbekistonlik futbolchini ma'lum vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda, ammo hozircha «Rostov»ga taklif bilan chiqmagan.

«Ular o‘yinchini 5,5 mln yevroga baholashyapti. Tomonlar qishki transfer oynasida muzokaraga kirishishi ehtimoldan xoli emas», – deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, rus matbuotida Shomurodovga Moskvaning «Lokomotiv» va SSKA klublari, shuningdek «Krasnodar» va Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari ham befarq emasligi haqida xabarlar tarqalgan.

24 yoshli hujumchi Rossiya chempionatida yangi mavsum kashfiyotlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. U ortda qolgan 7ta turning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta golli uzatma muallifi bo‘ldi va bu natija bilan to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rostovliklar klubi bosh murabbiyi Shomurodov «RPL grandiga o‘tganidan ko‘ra Yevropaga ketgani yaxshiroq» deb ta'kidlagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: