«Navbahor» Jurjyevichni iste'foga chiqarmay turib Kanchelskis qaytganini e'lon qildi

Sport 18:28 / 28.08.2019 13295

Rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis Namanganning «Navbahor» klubi bosh murabbiyligiga qaytdi. Ayni damda, 28 avgust kuni soat 18:30 da klub rahbariyati va Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov ishtirokida Kanchelskisning taqdimot marosimi o‘tkazilmoqda.

Qizig‘i, «Navbahor» hali amaldagi murabbiy Deyan Jurjyevichning iste'fosini e'lon qilmay turib yangi murabbiy taqdimotini o‘tkazmoqda. Klub sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida serbiyalik murabbiy «Navbahor»dan ketgani haqida xabar yo‘q.

Kanchelskis 2018 yil 7 oktyabrda Ilhom Mo‘minjonov o‘rniga «Navbahor» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. 2019 yil 22 iyun kuni «Navbahor» Kanchelskisni iste'foga chiqargandi. O‘shanda «Navbahor» 11-turdan so‘ng 8-o‘rinda borayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: