«Milliy» stadion, Ravshan Ermatov va futbol bo‘yicha O‘zbekistonning eng kuchli ikki mahallasi – «Charm to‘p»da qaysi hudud chempion bo‘ldi?

Sport 21:11 / 28.08.2019 23824

Prezidentning beshta muhim tashabbusi doirasida respublika mahallalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Charm to‘p – 2019» turniri yakuniga yetdi.

Bugun «Milliy» stadionida Toshkent shahrining «Iqbol» va Navoiy viloyatining «Kelachi» jamoalari o‘rtasida final o‘yini bo‘lib o‘tdi. 30 daqiqadan ikkita bo‘lim davom etgan o‘yinda hisob ochilmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda mezbonlarning qo‘li baland keldi – 2:4.

Shu tariqa, an'anaviy «Charp to‘p» musobaqasining 2019 yilgi mavsumida Toshkent shahri Bektemir tumanining «Iqbol» jamoasi chempionlikka erishdi.

Qayd etish joiz, final uchrashuvini FIFA referesi, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Final oldidan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, o‘z tarixi va an'analariga ega «Charm to‘p» turnirining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi va jamoalarga omad tiladi. Shundan so‘ng va tanaffus vaqtida, qolaversa o‘yindan keyin stadionga yig‘ilgan muxlislar shou-konsert guvohiga aylandilar.

Ma'lumot uchun, musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va yana qator tashkilotlar hamkorligida 4 bosqichda tashkil etildi.

26-31 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar tuman(shahar)larida «Charm to‘p – 2019» an'anaviy futbol musobaqasining mahallalararo birinchi bosqichida respublikamizning 9 098 ta mahallasidan 7 125 talabnoma asosida 106 875 nafar 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashdi.

2-bosqich o‘yinlari esa 2-10 avgust kunlari o‘tkazilib, bunda mahallalararo bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar tuman (shahar) bosqichlarida bahslashdilar.

«Charm to‘p-2019» an'anaviy futbol musobaqasining 10-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan uchinchi bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri kesimida g‘oliblar aniqlab olindi.

Shuni ta'kidlash joiz, uchinchi bosqich o‘yinlari hududiy maydoni ancha katta ayrim viloyatlarda avval mintaqaviy bosqichlarda o‘tkazilib, so‘ngra mintaqa g‘oliblari yakuniy Respublika bosqichiga chiqadigan jamoani aniqlab olish uchun o‘zaro bahslashdi.

25 avgustdan Toshkentda boshlangan hal qiluvchi to‘rtinchi raundda quyidagi 14ta eng kuchli jamoa bosh sovrin uchun kurash olib bordi.

Respublika bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati:

Andijon viloyati – “Yakkatut” MFY, Shahrixon tumani;

Buxoro viloyati – “Nekkeshi” MFY, Shofirkon tumani;

Jizzax viloyati – “G‘allaorol” MFY, G‘allaorol tumani;

Namangan viloyati – “Navkent” MFY, Yangiqo‘rg‘on tumani;

Samarqand viloyati – “O‘rikzor” MFY, Kattaqo‘rg‘on tumani;

Sirdaryo viloyati – “Yettiguzar” MFY, Xovos tumani;

Farg‘ona viloyati – “Baxrin” MFY, Marg‘ilon shahri

Toshkent viloyati – “Shodlik” MFY, Yuqori Chirchiq tumani;

Qashqadaryo viloyati – “Oqqamish” MFY, Kasbi tumani;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – “Do‘stlik” MFY, Taxiatosh tumani;

Toshkent shahri – “Iqbol” MFY, Bektemir tumani

Surxondaryo viloyati – “Sherobod” MFY, Sherobod tumani;

Navoiy viloyati – “Kelachi” MFY, Navbahor tumani

Xorazm viloyati – “Muxoman” MFY, Hazorasp tumani.

Qur'a natijalariga ko‘ra jamoalar 4ta guruhga taqsimlanishdi. O‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

“A” guruhi. 1-tur

“Muxoman” (Xorazm) – “Sherobod” (Surxondaryo) – 1:4

“G‘allaorol” (Jizzax) – “Kelachi” (Navoiy) – 0:2

2-tur

“Muxoman” (Xorazm) – “G‘allaorol” (Jizzax) – 1:0

“Sherobod” (Surxondaryo) – “Kelachi” (Navoiy) – 1:1

3-tur

“Kelachi” (Navoiy) – “Muxoman” (Xorazm) – 6:3

“G‘allaorol” (Jizzax) –“Sherobod” (Surxondaryo) – 1:0

“V” guruhi. 1-tur

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “O‘rikzor” (Samarqand) – 1:0

“Bahrin” (Farg‘ona) – “Yettiguzar” (Sirdaryo) – 2:2

2-tur

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Bahrin” (Farg‘ona) – 1:0

“O‘rikzor” (Samarqand) – “Yettiguzar” (Sirdaryo) – 1:2

3-tur

“Yettiguzar” (Sirdaryo) – “Iqbol” (Toshkent sh.) – 1:3

“Bahrin” (Farg‘ona) – “O‘rikzor” (Samarqand) – 4:3

“S” guruhi. 1-tur

“Oqqamish” (Qashqadaryo) – “Shodlik” (Toshkent vil.) – 2:2

2-tur

“Oqqamish” (Qashqadaryo) – “Nekkeshi” (Buxoro) – 2:0

3-tur

“Nekkeshi” (Buxoro) – “Shodlik” (Toshkent vil.) – 2:1

“D” guruhi. 1-tur

“Do‘stlik” (Qoraqalpog‘iston) – “Yakkatut” (Andijon) – 1:3

2-tur

“Do‘stlik” (Qoraqalpog‘iston) – “Navkent” (Namangan) – 0:3

3-tur

“Navkent” (Namangan) – “Yakkatut” (Andijon) – 1:0

Yarim final

“Oqqamish” (Qashqadaryo) – “Kelachi” (Navoiy) – 2:4

“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Navkent” (Namangan) – 1:1 (pen. 5:4)

Final

28 avgust. “Milliy” stadioni

“Kelachi” (Navoiy) – “Iqbol” (Toshkent sh.) – 0:0 (pen. 2:4)

Ko‘proq yangiliklar: