Uchtepadagi xonadonga deraza orqali kirib, o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 11:25 / 27.08.2019 4034

2019 yil 18 avgust kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 48 yoshli U.M.ning uyiga deraza oynasi orqali kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan 13 500 000 so‘m puli, “HP” rusumli noutbuki va 3 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chevar ko‘chasida yashovchi 28 yoshli P.T. va Uyg‘ur tor ko‘chasida yashovchi 31 yoshli X.Sh. sodir etganliklari aniqlanib ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: