Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarini respublikamizga noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi, tashilishi va qonunga xilof ravishda sotilishini oldini olish yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tezkor tadbir davomida fuqaro M.J.ning mazkur tumandagi xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 100 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalari va atirlarni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.