Qimmatli qog‘ozlar muomalasining maxsus tartibi o‘rnatiladi

Iqtisodiyot 09:47 / 27.08.2019 10120

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qimmatli qog‘ozlar muomalasining maxsus tartibini o‘rnatish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi 650-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq qabul qilinishi mumkin.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning muomalasi, davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno, faqatgina ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirish tugaganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.

Mazkur buyruq kuchga kirgunga qadar chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarga mazkur buyruq tatbiq etilmaydi.

Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari o‘zlarining ichki hujjatlarini ushbu buyruqqa muvofiqlashtiradilar.

Agentlikning Litsenziyalash va bozorning professional ishtirokchilarini rivojlantirish departamenti ijrochilarga ushbu buyruqning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: