«Media.uz» haftaligi davom etadi: bugun yarim finalchilar aniqlanadi

Sport 15:25 / 27.08.2019 5268

Bugun «Media.uz» futbol haftaligida yarim finalchilar nomi ma'lum bo‘ladi.

Kun.uz jamoasi bu bosqichda «Sharq» nashriyot-matbaa AK jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun soat 19:00da Toshkentdagi «To‘qimachi» stadionida quyidagi juftliklar o‘rtasida chorak final o‘yinlari boshlanadi:

O‘FA – O‘zA va «Yoshlar ovozi» birlashgan jamoasi
«Sharq» nashriyot uyi – Kun.uz
«O‘zbekiston» nashriyoti – «Sport» telekanali
MTRK – «Zo‘r TV»

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz guruh bosqichida Yoshlar ittifoqi media-markazi va Daryo.uz sayti jamoalarini mag‘lub etib, MTRKga minimal hisobda yutqazgan va guruhda ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqib, nimchorak finalda G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi bilan uchrashuv yakuniga ko‘ra keyingi bosqichga o‘tgan edi.

Yakuniy guruh jadvallari

Yarim final o‘yinlari 28 avgust, uchinchi o‘rin uchun bahs va final uchrashuvi 29 avgustga belgilangan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab jurnalist, bloger va nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Musobaqa qoidalari, sovrin jamg‘armasi va guruhlar tarkibi haqida avvalroq batafsil ma'lumot berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: