O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 27 avgust kunidan 10,7 so‘mga arzonlab, 1 dollar 9373,93 so‘mga teng bo‘ladi.
Yevro kursi esa 52,59 so‘mga qimmatlab, 1 yevro 10446,31 so‘mga yetadi.
Rubl kursi 1,78 so‘mga oshadi va 1 rubl 141,92 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi birdaniga 323 so‘mga qimmatlab, 1 dollar 9384 so‘mni tashkil etgandi.