U makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar qamrovining to‘liqligini va YaIMni yakuniy iste'mol usulida hisoblash metodologiyasini takomillashtirishni ta'minlaydi, deb yozmoqda Norma.
Davstatqo‘m “Milliy hisoblar tizimi-2008” qo‘llanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Makroiqtisodiy statistikaning xalqaro standartlarini joriy etish va milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha XVJ, OTB, Jahon banki, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va MDH Statistika qo‘mitasi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
2020 yil 1 yanvardan boshlab milliy hisoblarning zamonaviy tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Amalda ro‘yobga chiqarish uchta asosiy yo‘nalishda mujassamlanadi:
• iqtisodiy statistikani, shu jumladan milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish;
• davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish va budjet ma'lumotlarining ochiqligini oshirish;
• tashqi sektor statistikasini va pul-kredit statistikasini takomillashtirish.
Davstatqo‘m va Moliya vazirligiga iqtisodiy statistikani, jumladan, milliy hisoblar statistikasini tuzish uchun axborot resurslarini shakllantirish masalalarida manfaatdor vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish va respublikada makroiqtisodiy statistika masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish topshirildi.
Hujjat 20.08.2019 yildan kuchga kirdi.