Termizda ilk bor xalqaro arxeologik forum o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston 10:50 / 25.08.2019 4249

Termiz shahrida «O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» meros haftaligi doirasida «O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi» nomli xalqaro arxeologik forum bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nufuzli forumda mamlakatimizning turli hududlari va 80dan ortiq davlatdan dunyo ilm-fani vakillari – taniqli arxeolog olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Muhtasham San'at saroyida o‘tkazilayotgan forumning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Fransuz milliy ilmiy tadqiqotlar markazining tadqiqotlar bo‘yicha faxriy direktori, professor P.Lerish, AQShning Xofstra universiteti Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturi direktori, professor A.Naymark va boshqalar Surxon vohasining milliy va dunyo davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni, ilm-fan, san'at va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek,  bu yerda ilk bor o‘tkazilayotgan arxeologik konferensiyaning ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xalqaro arxeologik forumning eng muhim voqeasi – akademik Edvard Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar mevasi – Oks Iskandariyasi bilan tanishuv bo‘ladi.

Tadbir davomida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati ilmiy kengashi raisi, akademik E.Rtveladzening video tabrigi, shuningdek, «Oks Iskandariyasi – Kampirtepa: Oks bo‘yidagi shahar-qal'a» hamda «Kushon merosi» nomli videoroliklar namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sho‘'balarga bo‘lingan holda davom etgan konferensiya ishida  taniqli sharqshunos olimlarning O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va dunyo tarixining so‘nggi olamshumul kashfiyotlari haqidagi shov-shuvli ma'ruzalari tinglandi.

Konferensiya ish yakunlangach mehmonlarni Surxondaryo viloyati hududidagi qadimgi shaharchalar, qazishma hududlari va tarixiy yodgorliklarga sayohat kutmoqda. 

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

25 avgust kuni, forumning ikkinchi kuni ular qadimiy yunon tarixchisi va geografi Ptolemey asarlarida yodga olingan va ellinizmning Markaziy Osiyodagi g‘aroyib yodgorligi sanalgan afsonaviy Oks Iskandariyasi - Muzrabot tumanidagi Kampirtepa shahar-qal'asi bilan yaqindan tanishadilar.

Shundan so‘ng forum qatnashchilari maxsus reys bilan Samarqandga uchishadi va Madaniy meros haftaligining keyingi tadbirlarida qatnashadilar.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: