Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sharg‘unko‘mir»dagi ish tashlashdan keyin maxsus ishchi guruh holatni o‘rgandi, korxonaning 9 nafar rahbari ishdan ketdi

14−15 avgust kunlari Curxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» korxonasining qariyb 200 nafar konchisi ish tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Norozilik aksiyasiga og‘ir mehnat sharoitlari va korxona rahbariyatining noqonuniy xatti-harakatlari sabab bo‘lgani bildirilgan. Mazkur holat yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etilgan. «O‘zbekko‘mir» AJ bosh direktori o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan «Sharg‘unko‘mir» AJ korxonasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Tushunmovchiliklar yuzasidan barcha ishchi-xizmatchilarga to‘liq ma'lumot berilgan, jumladan, xodimlarga oylik maoshlari belgilanish tartibi, mukofot pullari haqida ham tushuntirish ishlari olib borilgan. Shundan so‘ng xodimlar yana o‘z joylarida ishlarini davom ettirishgan.
«Maxsus komissiya norozilik holatlarini atroflicha o‘rganib chiqdi. Natijada 9 nafar mansabdor shaxs o‘z lavozimidan ozod etildi. Mazkur korxonada ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, iqtisodiy-ijtimoiy holatni to‘liq o‘rganish maqsadida ishchi guruh mutaxassislari «Sharg‘unko‘mir» AJda o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ma'lumot uchun, korxonada o‘rtacha ish haqi miqdori 2 343 ming so‘mni tashkil etadi. Jumladan, asosiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan kasb egalari bo‘yicha:
Ko‘mir qazib olish kon ishchisi — 3 800 ming so‘m;
Yer osti elektr chilangari — 2 100 ming so‘m;
Yer osti mustahkamlovchisi — 2 490 ming so‘m.
Korxona ishchilarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga bog‘langan holda mukofotlash nizomlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Bajaradigan ishlari bo‘yicha xronometraj kuzatuvlar asosida tannarxlar belgilangan.
2019 yil 1 avgust holatiga jamiyatda tasdiqlangan shtat jadvali bo‘yicha ish o‘rni 596ta bo‘lib, amalda xodimlar soni 542 kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunda 54ta (jumladan, direksiya 21ta, «Sharg‘unkumir» AJ bo‘yicha 33ta) vakant ish o‘rni mavjud», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025