Rossiyada o‘lim jazosini qaytarish taklif etildi 

Jahon 23:50 / 25.08.2019 12724

Rossiya davlat dumasining LDPRdan deputati Aleksandr Sherin jazo turi sifatida o‘lim jazosidan taqiqlovni olish zarurligini qo‘llab-quvvatladi.  

“Fikrimcha, bu taqiqlov Rossiyaga suqishtirilgan. Yevropa targ‘ibot qiluvchi, mamlakatimizga suqishtirilgan soxta insoniy qadriyatlar davlatimizni parchalash uchun ataylab qilinadi. O‘lim jazosiga moratoriy Rossiya Federatsiyasini barbod qilmoqda”, deb aytgan deputat.  

Shu bilan birga u bu masala ko‘rib chiqilishiga tashabbus bildirishdan bosh tortgan, chunki “bu mamlakat prezidenti masalasidir”. Sherinning fikricha, o‘lim jazosiga kamida bir necha kishini o‘ldirganlar loyiqdir.

“O‘rta Osiyodan kelgan, emizikli bolaning boshini kesib tashlagan ayolni eslaysizmi? Uni qo‘lga olish vaqtida otib tashlash kerak edi. Afsus, kuch tuzilmalari xodimlaridan birortasi bu ishni qilish uchun o‘zida jur'at topa olmadi”, deb aytgan deputat.

Rossiya Yevropa kengashi tarkibiga kirish vaqtida Yevropaning inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoyalash to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilib, 1996 yil o‘lim jazosiga taqiqlov kiritgan. 

Ko‘proq yangiliklar: