Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda shprits ishlab chiqarish zavodi ish boshladi
25 avgust kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Aks medikal farm” MChJ qo‘shma korxonasi ish boshladi. Bu yerda yiliga 100 million dona shprits, 300 ming dona ayollar tibbiyot oynasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qurilish ishlari 2018 yil mart oyida boshlangan “Aks medikal farm” korxonasi o‘z yo‘nalishida noyob loyiha hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmi jihatidan respublikamizda Nukus shprits zavodidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
“Bunyodkor Maxsudbek fayz” fermer xo‘jaligi tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 2 million 300 ming AQSh dollari bo‘lib, shundan 630 ming dollari xitoylik sarmoyadorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasidir.
“Aks medikal farm” korxonasida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 40 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Korxona to‘la quvvatda ishga tushishi bilan 100 ga yaqin mahalliy yoshlarning doimiy bandligi ta'minlanadi.
Ma'lumot o‘rnida, viloyatga joriy yilning birinchi yarmida 2017 yilga nisbatan 15 barobardan ko‘p investitsiya kirib kelishiga erishildi. (2017 yilda 7,5 million AQSh dollari, 2019 yilning dastlabki olti oyida 125 million AQSh dollari). Yil yakunida ushbu ko‘rsatkichni 400 million AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Yaqinda Namangan tumanidagi “Merrimed farm” korxonasida qiymati 25 million AQSh dollari bo‘lgan, 100 ziyod dori-darmonlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi liniya ishga tushirilgandi.
13-14 sentabr kunlari Namangan shahrida tibbiyot va farmatsevtika sohasida yana bir yirik xalqaro investitsion forum tashkil etilmoqda. “XXI asr tibbiyot va farmatsevtikasi rivojida investitsiyalar va innovatsiyalarning o‘rni va roli” deb nomlangan ushbu forumda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan tibbiyot va farmatsevtika sohasida biznes yuritayotgan ishbilarmonlar va investorlar ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
-
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi
O‘zbekiston | 17:01
Mavzuga oid

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025