«Media uz»: Kun.uz keyingi bosqichda, MTRK va O‘FA yo‘qotishsiz davom etmoqda (fotogalereya)

Sport 02:06 / 25.08.2019 13086

Toshkent shahridagi to‘qimachilik stadionida futbol bo‘yicha OAV xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilmoqda. 24 avgust kuni musobaqada guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi. Unda qatnashayotgan Kun.uz jamoasi o‘z guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, pley-offga chiqdi.

Kun.uz 2-turda MTRK jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Daryo.uz jamoasini 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa «D» guruhidan MTRK hamda Kun.uz jamoalari keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Boshqa guruhlarda pley-offga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi.

O‘FA hamda MTRK jamoalari o‘zlarining yorqin o‘yinlari bilan ajralib turibdi. Ular yo‘qotishsiz davom etishmoqda. Pley-offga «Zo‘r TV», «O‘zbekiston» nashriyoti, «O‘zA-Yoshlar ovozi» birlashgan jamoasi, «Sevimli», «Sharq»«G‘afur G‘ulom», «Sport TV», OKMBM hamda «Milliy TV» jamoalari ham chiqishdi.

Ko‘proq yangiliklar: