Senator Farrux Dadaxo‘jayev: “Mamlakatimiz energiya manbai sifatida tabiiy gazga qaram”

O‘zbekiston 01:38 / 24.08.2019 12711

23 avgust kuni, Oliy Majlis Cenati 21-yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Atom energetikasidan tinchlik maqsadlaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Senator Farrux Dadaxo‘jayev atom energetikasi mamlakat uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi.

“Ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot, aholi soni va turmush farovonligining o‘sishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 2030 yilga kelib 117 milliard kVT soatga yetadi. Respublikada uran xomashyosining ulkan zaxirasi bo‘la turib, amalda atom energetikasi salohiyati ishga solinmagan. Amaldagi qonunchilikda atom energiyasidan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus norma mavjud emasligi soha rivoji yo‘lida turli qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda. 2019 yil 2 iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Dadaxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, Qonunning maqsadi atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishni ta'minlovchi yangi joriy etilayotgan institutlar va tizimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishning huquqiy asoslarini yaratish, atom energiyasi to‘g‘risidagi normalar va qoidalarni unifikatsiyalash, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda fuqarolar va yuridik shaxslar xavfsizligini ta'minlashning samarali mexanizmlarini milliy qonun hujjatlariga tatbiq etishdan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: