«Samarqand marmar»dagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston 09:53 / 24.08.2019 5704

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi “Samarqand marmar” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilayotgani haqida xabar berdi.

Marmar ishlab chiqarish korxonasining davlat aksiyalari 2019 yil 26 sentyabrdan “Elsis Savdo” AJ savdolariga qo‘yiladi. Davlat aksiyalarini emitent ustav fondidagi foizi 6,9 foizga teng.

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 18 160 dona oddiy aksiya. Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 2600 so‘m. Bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 58 470,71 so‘m.

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi 1 061 828 093,6 (bir milliard oltmish bir million sakkiz yuz yigirma sakkiz ming to‘qson uch so‘m olti tiyin) so‘m bo‘lib, emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) – 684 216 000,0 (olti yuz sakson to‘rt million ikki yuz o‘n olti ming) so‘mni tashkil etadi.

Savdolarga chiqarilgan davlat aksiyalarini ularni savdoga qo‘yish narxi bo‘yicha sotib olishga ikki oy mobaynida buyurtmanoma bo‘lmagan taqdirda, har  15 kunda boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 10 foiz miqdorida, lekin boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 50 foizidan past bo‘lmagan holda, savdoga qo‘yish narxini qadam-baqadam pasaytirish mexanizmi qo‘llaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: