O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik ko‘lami sezilarli kamaydi

O‘zbekiston 17:13 / 24.08.2019 5445

2019 yilning birinchi yarim yilligida yoshlar o‘rtasida 3956ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 6409tani tashkil qilgan edi.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a'zosi Boymatjon Rasulov ma'lumot berdi.

«Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning dastlabki olti oyiga nisbatan 38 foizga kamaygan bo‘lsa-da, ularning umumiy jinoyatlardagi qismi 27 foizni, shu jumladan ishlamasdan yurib, jinoyat sodir etganlari 1559 nafarni tashkil qilmoqda», – deya Senat yalpi majlisida ma'ruza qilgan Rasulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: