Kattaqo‘rg‘onda fojia: 3ta uy yonib ketdi, 11 yoshli bolaning jasadi topildi

Jamiyat 10:59 / 24.08.2019 40928

2019 yilning 23 avgust kuni soat 10:41da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Yakkabog‘ mahallasida joylashgan uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 5 ta asosiy va 1 ta yordamchi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 10:47da yetib borgan vaqtda bir biriga tutash qurilgan Qo‘shchinor ko‘chasidagi 33-uyning tomi, ichki qismi va jihozlari hamda Uchrabot ko‘chasidagi 8-uyning tom qismi va darvozaxonasi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:25da qurshab olingan va soat 13:05da bartaraf etilgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘in oqibatida Qo‘shchinor ko‘chasidagi 33-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari 180 kv. metr maydonda yonib, alanga qo‘shni xonadonlarga tarqalishi natijasida Uchrabot ko‘chasidagi 8-uyning tomi, shift qismi va qisman ichki jihozlari 100 kv. metr maydonda hamda 6-uyning tom qismi 6 kv. metr maydonda yonib zararlangan. Ayanchlisi, yong‘inni bartaraf etish vaqtida Qo‘shchinor ko‘chasi 48-uyda yashagan 2008 y.t. M.R.ning (o‘g‘il bola) kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Hodisaning taxminiy sababi - alanga tarqalgan xonadonda yelim idishlarda saqlanib kelingan yengil alangalanuvchi suyuqliklar (benzin) oldida uyda yolg‘iz qoldirilgan bolalar tomonidan ochiq olovdan foydalanish.

Ko‘proq yangiliklar: