Erdo‘g‘an keyingi hafta Rossiyaga tashrif buyuradi

Jahon 00:34 / 24.08.2019 9517

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 27 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyurmoqchi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi Turkiya yetakchisining matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘an Rossiyaga bir kunlik tashrif bilan keladi.

Tashrif dasturi haqida ma'lumot berilmagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta'kidlashicha, Turkiya rahbari Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbarlari Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eron tomonidan BMT bilan birgalikda olib borilgan konstitutsiyaviy qo‘mitani shakllantirish va ishga tushirish bo‘yicha ishlarni muhokama qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: