BAAda deputatlikka 555 nomzoddan 200 nafarini ayollar tashkil qildi  

Jahon 02:03 / 24.08.2019 3142

BAAda Federal milliy kengashining 4-chaqiriq deputatlari saylovlarida ishtirok etishga 200 ayol ariza topshirdi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, saylovlarda ishtirok etishga jami 555 kishi ariza topshirgan. 

BAA poytaxti Abu-Dabidan 155 ta, Sharjadan 127 ta, Dubaydan 98 ta, Ras-al-Haymadan 65 ta va Al-Fujayradan 55 ta ariza tushgan.

Nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 3 sentyabrda e'lon qilinadi. Saylov kampaniyasi esa 8 sentyabrda boshlanib, 5 oktyabrga belgilangan saylovlargacha davom etadi.  

Ko‘proq yangiliklar: