APL. «Liverpul» «Arsenal»ni yengdi. Saloh ikkita gol urdi

Sport 23:20 / 24.08.2019 10536

Angliya Premer-Ligasida 3-turning markaziy bahsi yakunlandi. O‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qilgan «Liverpul» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lim yakunida Joyel Matip jamoadoshi Trent Aleksand-Arnoldning burchakdan uzatgan to‘pini golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda ustunligini mustahkamlagan «Liverpul» yana ikkita gol urdi. Muhammad Saloh bitta penaltidan, bitta o‘yindan chiroyli gol urdi. Lukas Torreyraning yagona goli «Arsenal»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

APL. 3-tur
Liverpul – Arsenal 3:1

Gollar: Matip (41), 2:0 Saloh (49, penalti, 58) – Torreyra (85).
Liverpul: Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Roberson, Matip, Veynaldum (Milner, 69), Fabino, Xenderson, Mane (Oksleyd-Chemberlen, 77), Firmino (Lallana, 86), Saloh.
Arsenal: Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Genduzi (Mxitaryan, 86), Djaka, Sebalos (Torreyra, 61), Uillok (Lyakazett, 81), Pepe, Obameyang.

Ko‘proq yangiliklar: