Toshkent viloyati IIBB YHXB boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston 07:53 / 23.08.2019 50219

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Baxtiyor Qobilovich Nig‘monov

Xususan, polkovnik Baxtiyor Qobilovich Nig‘monov Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi. 

Baxtiyor Nig‘monov bundan avval Toshkent shahar YHXB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari - Toshkent YPX brigadasi qo‘mondoni bo‘lib ishlagan. Undan oldin Toshkent shahrining uch tumani - Yunusobod, Olmazor va Shayxontohurda yo‘l-patrul xizmati batalonlariga rahbarlik qilgan.

Shuningdek. B.Nig‘monov Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: