Tadbirkorlik sub'yektlarini ixtiyoriy tugatish tartibi tasdiqlandi 

O‘zbekiston 12:10 / 23.08.2019 7743

Hukumat qarori bilan Tadbirkorlik sub'yektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga ko‘ra, tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish muassislar qarori bilan amalga oshiriladi.

Qaror qabul qilingandan keyingi ish kunida qaror va hujjatlar tegishli davlat xizmatlari markazi (DXM) va bankka taqdim qilinadi.

DXM Tizim orqali tegishli ma'lumotlarni oladi.

Tugatiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining eng uzog‘i uch yillik davri (amalda 5 yil) tekshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan va soliq qarzi bo‘lmagan korxonaning ushbu faoliyati tekshirilmaydi.

Davriy bosma nashrda e'lon berish talab etilmaydi.

Tadbirkor sub'yekti – jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi.

Mazkur tartiblar 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: