Putin AQSh harakatlariga qarshi javob choralari tayyorlashni topshirdi

Jahon 23:10 / 23.08.2019 37334

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator vazirliklarga yaqinda raketa sinovlari o‘tkazgan AQShning harakatlari bilan yaratiluvchi xavf darajasini tahlil qilib, bunga qarshi simmetrik javoblar tayyorlashni topshirdi.

Ushbu masala bilan mudofaa, tashqi ishlar va boshqa mutasaddi vazirliklar shug‘ullanadi. 

Putinning ta'kidlashicha, AQSh 18 avgustda sinovini o‘tkazgan qurol O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish kelishuviga ko‘ra taqiqlangan qurolga kiradi. U sinovlar kelishuv amal qilishi to‘xtagandan keyin bor-yo‘g‘i 16 kun o‘tib amalga oshirilgani va bu holat ushbu sinovlar oldindan rejalashtirilgani haqidagi o‘y tug‘dirayotganiga e'tibor qaratgan.

“Biz avval ham AQSh uzoq vaqtdan beri kelishuvga ko‘ra taqiqlangan qurolni yaratayotgani haqidagi ma'lumotlarga ega edik. Biz bu haqda hamkorlarimizga bir necha marotaba ishora qilganmiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin. Uning aytishicha, amerikaliklar Vashington tomonidan “kelishuvga zid holda olib borilayotgan ishlar”ni ovoz qilmagan holda kelishuvdan chiqish uchun “go‘yoki Rossiya tomonidan kelishuvga amal qilinmayotgani haqidagi tashviqot kampaniyasini sahnalashtirishgan”.

Putin, shuningdek, Rossiya qurollanish poygasiga kirishishni istamasligini aytgan. “Rossiya mudofaaga xarajatlar bo‘yicha AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyadan keyin ancha kamtar – 7-o‘rin egallaydi”, deb eslatib o‘tgan Rossiya prezidenti. 

“Biz xalqimiz va davlatimiz xavfsizligini ta'minlashga majbur bo‘lgandik. Biz buni hozir ham qilmoqdamiz va kelajakda ham qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin. 

Shu bilan birga Rossiya prezidenti Moskva hali ham Vashington bilan muloqot uchun ochiqligini ta'kidlab o‘tgan. 

AQSh 18 avgustda kelishuvdan chiqqandan keyin ushbu kelishuv bilan taqiqlangan qanotli raketa sinovini ilk bor o‘tkazdi. Raketa parvozi uzoqligi 500 kmdan ko‘proqni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: