Prezident maktablariga kira olmagan yuqori natijali o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

O‘zbekiston 11:24 / 23.08.2019 19868

Prezident maktablarining asosiy imtihonlarida ishtirok etgan, yuqori ball yig‘ib o‘qishga qabul qilinmagan nomzodlar respublikadagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablarga 5- va 7-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar va ularda o‘qishga tavsiya etiladigan o‘quvchilar ro‘yxati yaqin vaqt ichida pm.xtv.uz saytida chop etiladi.

Prezident maktablari Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20 fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil etilib, mamlakatda iqtidorli yoshlarni o‘qitish tizimini yaratish hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Prezident maktablarini dastlab cheklangan miqdorda tashkil etilishi mazkur muassasalarni boshqarishning butunlay yangi modelini sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Ushbu sinov muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, kerakli xulosalarni olib 2020−2021 yillarda Prezident maktablari respublikaning boshqa barcha viloyatlarida tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: