O‘zbekiston tarixida ilk marta Senat yalpi majlisi jonli efirga uzatilmoqda

O‘zbekiston 10:50 / 23.08.2019 10396

Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi parlament yuqori palatasining Facebook`dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

Rasmiy sahifada yalpi majlisni ochib bergan Senat raisi Tanzila Norboyeva va Senatga hukumat hisobotini o‘qib eshittirgan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning nutqi jonli translatsiya qilib borildi.

Qayd etish kerak, ayni paytga kelib «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar senatorlar tomonidan ma'qullandi. Senatning Facebook`dagi sahifasida ushbu qonunlar qabul qilinishidan avvalgi muhokamalar efirga berilgani yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, ta'kidlash joiz, parlament palatasi yalpi majlisining jonli translatsiya qilinishi O‘zbekiston tarixida ilk marta kuzatilmoqda.

Ma'lumot uchun, avvalroq Telegram messenjerida ham Oliy Majlis Senatining rasmiy kanali ochilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: