«Maxsus iqtisodiy hudud direksiyasi investorlar uchun «yagona darcha» vazifasini bajaradi» - Vazir

O‘zbekiston 14:28 / 23.08.2019 3371

Oliy Majlisning 21-yalpi majlisida «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» dasturining yilning ikkinchi choragidagi ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatdagi investitsion muhitga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.

Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov xorijiy investorlarga berilgan infratuzilma haqida batafsil fikr bildirdi.

«Maxsus iqtisodiy hudud direksiyasiga davlat xizmatlari «outsourcing» shaklida beriladi. Bu platforma «yagona darcha» vazifasini bajaradi. Respublika va mahalliy budjetdan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash uchun talab etiladigan mablag‘larni to‘liq ajratish choralarini ko‘ryapmiz. Investitsiya loyihalari o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta'minlash maqsadida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va har bir tijorat banki rahbarining ushbu loyihalarni amalga oshirishda shaxsiy javobgarligini oshirish masalasini ko‘ryapmiz.

Markaziy bank bilan eksportchilarni qo‘llab-quvatlash yuzasidan tashkil qilinga komissiya doirasida shu holatlarni ko‘rib chiqyapmiz», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.. 

Umrzoqovning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan beri jami 4238ta loyiha ishga tushiriladi. O‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 31 trln.so‘mga yetishi kutilyapti. Shu bilan birga, 68 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: