Huawei AQSh sanksiyalaridan ko‘radigan zararini 10 mlrd dollar deb baholadi

Iqtisodiyot 19:20 / 23.08.2019 4094

Xitoyning Huawei Technologies Co kompaniyasi AQShning savdo cheklovlari dastlab taxmin qilinganidan ko‘ra kamroq ta'sir ko‘rsatishini kutmoqda, deb xabar berdi Bloomberg Huawei raisi o‘rinbosari Erik Syuyga tayanib.

Syuyning ma'lum qilishicha, Vashington tomonidan kiritilgan cheklovlar natijasida kompaniyaning smartfonlar bilan bog‘liq bo‘linmasining yillik daromadi taxminan 10 mlrd dollarga kamayadi. Ammo kompaniyaga ko‘radigan umumiy zarar Huawei asoschisi Jen Chjenfey taxmin qilganidan ancha kam bo‘ladi.

Huawei juma kuni sun'iy ong texnologiyalari bilan jihozlangan Ascend 910 protsessorini namoyish etdi. U Qualcomm Inc. va Nvidia Corp ishlanmalariga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Kompaniya avvalroq o‘zining HarmonyOS deb nomlangan operatsion tizimini taqdim qilgandi.

May oyida AQSh Huawei kompaniyasini Xitoy hukumati uchun razvedka ma'lumotlarini yig‘ishda ayblab "qora ro‘yxat"ga kiritgandi. Natijada kompaniyaning Amerika bozoridagi faoliyati sezilarli darajada cheklandi.

Ko‘proq yangiliklar: