AQShda jahonning eng badavlat kishilaridan biri vafot etdi

Jahon 18:43 / 23.08.2019 21479

Amerikalik tadbirkor, jahonning eng boy kishilaridan biri Devid Kox 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda New Yorker jurnalisti Jyeyn Mayyer xabar berdi.

"Devid Koxning oilasiga yaqin manbalarning aytishicha, u vafot etdi", — deb yozdi jurnalist Twitter sahifasida.

Kox 1940 yilda tug‘ilgan. Texnologik ma'lumotga ega bo‘lgach, akasi bilan otasining Koch Industries firmasida faoliyat boshlagan. Otasining o‘limidan so‘ng aka-ukalar kompaniya faoliyatini ancha kengaytirishgan.

Forbes nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil iyun holatiga uning boyligi 51 milliard dollarni tashkil etgan, u jahonning eng boy kishilari ro‘yxatida 11-o‘rinni egallagan. Bloomberg agentligining yozishicha. Aka-ukalarning boyligi 2019 yil avgust oyida 124, 5 milliard dollarga teng bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: