Xorijda ishlaganlik davri mehnat stajiga qo‘shiladi

O‘zbekiston 16:10 / 22.08.2019 24352

Xorijda ishlaganlik ham mehnat stajiga kiritiladi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Tashqi ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma'lumot berildi. Tadbir chet elga ishlash yoki o‘qishga ketayotgan migrant fuqarolar uchun tashkil etildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi ta'kidlashicha, chet elda ishlagan shaxs Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovini to‘lab borsa, to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar mehnat stajiga qo‘shiladi. Xorijda ishlab ham kerakli stajni to‘plash mumkin.

“Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha” tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda mutaxassislar tomonidan xorijda ishlash yoki o‘qish uchun yo‘lga chiqqan fuqarolarga vazirliklarning mas'ul xodimlari tomonidan ularning huquqlari haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Bundan oldin, mehnat migrantlariga uy berilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: