Xitoyda O‘zbekiston fuqarosi ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda

Jamiyat 10:45 / 22.08.2019 30325

2019 yilning 19 avgust kuni O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi vakillari Xanchjou shahar (Chjetszyan provinsiyasi) Fuqaro ishlari bo‘yicha ikkinchi instansiyasi xalq sudida 8 yanvar kuni hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi M.S.ning sud ishida qatnashdi. Unga nisbatan narkotik moddalarni tarqatish va saqlash bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratda ushlab turibdi va O‘zbekiston fuqarosiga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Chjetszyan provinsiyasining tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti xorijga ketayotgan vatandoshlarni o‘zlari borayotgan davlat qonunlariga amal qilishga va ularning qoidalarga rioya qilishga chaqirgan hamda Shanxay shahri, Anxoy, Futszyan, Xunan, Tszyansi, Tszyansu va Chjetszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Shanxay shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +8621-6307-1896.

Ko‘proq yangiliklar: