«Urganch yog‘-moy»dagi davlat aksiya paketlari sotuvga qo‘yildi

O‘zbekiston 15:23 / 22.08.2019 8042

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi mahalliy va xorijiy investorlarni davlatga tegishli bo‘lgan aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha birja savdolariga taklif etdi.

Xususan, “Urganch yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyati davlat aksiya paketlari savdoga chiqarilmoqda. AJ hidsizlantirilgan, tozalangan paxta yog‘ini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Davlat aksiyalari 2019 yil 23 sentyabrda “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga qo‘yiladi. Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 60,3 foiz. Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 18 645 786 dona (oddiy) aksiya.

Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 365 (uch yuz oltmish besh) so‘m. Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 156 563 441 000 (bir yuz ellik olti milliard besh yuz oltmish uch million to‘rt yuz qirq bir ming) so‘m.

Emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) - 11 285 203 590 (o‘n bir milliard ikki yuz sakson besh million ikki yuz uch ming besh yuz to‘qson) so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: