Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar bosh vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi  

O‘zbekiston 10:30 / 22.08.2019 5335

Toshkentda 31 oktabr-1 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar bosh vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov ShHTga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishida ma'lum qildi. 

Morgulovning ta'kidlashicha, yil oxirigacha tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida ShHT faoliyatining xalqaro masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.  

Morgulovning aytishicha, ShHTni kengaytirish mavzusi bo‘yicha atroflicha suhbatlashish vaqti keldi. Bu masalalar Moskvada o‘tadigan navbatdagi maslahatlashuvlar davomida muhokama qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: