«Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?» mavzusida tanlov e'lon qilinadi

O‘zbekiston 13:47 / 22.08.2019 2603

Bugun, 22 avgust kuni, Oliy Majlis Senati binosida OAV xodimlari va Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Tanzila Norboyeva jamiyatdagi muammolarni olib chiqishda jurnalistlarning roli tobora ortib borayotgani, kuchli jamoatchilik nazorati o‘rnatilgani haqida gapirildi. Shu o‘rinda, senatorlarning faoliyatini oshirish masalasiga alohida urg‘u berildi.

«Ayni vaqtda senatorlarning faolligini oshirish masalasini asosiy kun tartibiga qo‘yganmiz. U qanday ishlashi, jamiyatga qanaqa foyda olib kelayotgani yoki aksinchaligini keng ommaga ko‘rsatib berishimiz, xalq o‘z bahosini berishi kerak. Shu maqsadda, siz, OAV xodimlari o‘rtasida «Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?» mavzusida tanlov e'lon qilamiz. Unda senatorning kuni, senator yordamida biron masalaning hal bo‘lgani, xalqaro faoliyati, so‘rovi qay tartibda ko‘rib chiqilgani, senatning jamiyatdagi o‘rni kabi masalalar yoritilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan tashqari, Senat haqida tanqidiy-tahliliy materiallarni ham kutib qolamiz. G‘oliblar Konstitutsiya qabul qilingan sana arafasida qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadi», dedi Norboyeva.

Senat raisining qo‘shimcha qilishicha, bu tanlov senatorlarni «jonlantirish»ga turtki bo‘ladi, ularni to‘g‘ri, xolis ishlashga o‘rgatadi, ochiq fuqarolik jamiyatini qurishda yana bir muhim qadam vazifasini bajaradi. 

Ko‘proq yangiliklar: