O‘zbekiston Rossiyadan avtomobillar import qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi

O‘zbekiston 08:04 / 22.08.2019 47303

2019 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Rossiyadan yengil avtomobillar import qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Avtostat» tahliliy agentligi xabar bermoqda.

2019 yilning 1-yarim yilligida Rossiyadan 19,5 ming dona mashina boshqa mamlakatlarga eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga ko‘pdir. Ushbu hajmning qariyb 70 foizi to‘rtta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yil yetakchilik O‘zbekistonga tegishli bo‘lib, ushbu mamlakatga 6 oy ichida 4,3 ming donaga yaqin Rossiya avtomobillari olib kelingan.

Ta'kidlanishicha, Chexiya reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi (4 ming dona). Latviya kuchli uchlikni (3 ming dona mashina) yakunlab bergan, uning ortidan Ozarboyjon 2,1 ming dona avtomobil bilan kelmoqda.

Bundan oldin, «inomarka»lar importi 200 mln dollarga yetgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: