Luis Suares faoliyatini yakunlash uchun boshqa klub topib qo‘ydi

Sport 12:07 / 22.08.2019 8439

«Inter Mayami» «Barselona»dan hujumchi Luis Suaresni sotib olish niyatida.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 32 yoshli urugvaylikning o‘zi ham faoliyatini David Bekhemga qarashli klubda yakunlash variantiga qiziqish bildirmoqda.

Nashrning «Barselona» tizimidagi ba'zi manbalari Suares okeanortiga hatto shu yilning yanvaridayoq yoki kelasi yil yozda ko‘chib o‘tish imkoniyatlarini chamalayotgani haqida ma'lum qilgan.

«Inter Mayami» 2020 yildan boshlab MLS`da qatnasha boshlaydi.

Klub Luisga 4 yillik shartnoma va yetarlicha yuqori miqdorda maosh taklif qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Suaresning «Barsa» bilan kelishuvi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq «Inter Mayami» «PSJ» hujumchisi Edinson Kavani bilan 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib qo‘ygani haqida xabar tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: