Kuper JCh-2022 yo‘lidagi ilk o‘yin oldidan yig‘inga chaqirgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi

Sport 11:07 / 22.08.2019 61761

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 va OK-2023 qo‘shma saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi.

Ro‘yxatdan 24 futbolchi o‘rin olgan.

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Dinamo»). 

Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi» – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Davron Xoshimov («Lokomotiv»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»). 

Yarimhimoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG» - Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK» – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu» - Malayziya), Doston Ibragimov («Qizilqum»), Quvondiq Ro‘ziyev («Qo‘qon-1912»), Doston Hamdamov («Paxtakor»).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov» – Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»). 

O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, Ektor Kuper boshchiligidagi jamoa 28 avgust – 3 sentabr kunlari Toshkentda mashg‘ulot olib boradi.

Falastin bilan o‘yin 5 sentabr, payshanba kuni Quddusga tutash Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi. Falastin milliy jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faysal Al-Husayni» stadionidagi bahs mahalliy vaqt bilan soat 17:00, Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, saralashning «D» guruhidan Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman termalari ham o‘rin olgan. 2-tur 10 sentabr kuni O‘zbekistonning ishtirokisiz o‘tadi.

Ma'lumot uchun, joriy saralash – O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionati yo‘lidagi 6-urinishidir. Bundan avvalgi beshta urinishning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

1997 yildan buyon mundial uchun kurashib kelayotgan O‘zbekiston JCh saralashlarida jami 94 ta o‘yin o‘tkazgan.

Bu o‘yinlarning 49tasi g‘alaba, 19tasi durang va 26tasi mag‘lubiyat bilan tugagan. To‘plar nisbati: 175-95.

Ko‘proq yangiliklar: